O‘zbekiston xalqaro aeroportlari 2024-yilda 13,5 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu 2023-yilga nisbatan 30% ga ko‘p. Xizmat ko‘rsatilgan reyslar soni 33% ga oshib, 113,6 mingtaga yetdi.
Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan maydonlarni ijaraga berish uchun tegishli lotlarni auksionga joylashtirdi. Tez kunlarda poytaxt aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida kitob do‘koni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Endi dunyoning ko‘plab aeroportlarida bo‘lgani kabi Toshkent xalqaro aeroportining uchish zalida ham royal mavjud. Jonli musiqa tinglovchilar uchun ham, ijrochilar uchun ham parvoz oldidan o‘yin-kulgi va stressdan xalos bo‘lish usuli bo‘ladi, deb hisoblaydi Uzbekistan Airports.
Prezident temiryo‘l va aviatsiya kompaniyalari transformatsiyasi jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. U yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, tannarxni kamaytirish muhim ekanini qayd etdi va sohaga konsalting kompaniyasi jalb qilib, aniq dastur ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Toshkent aeroportida ilk bor eshitish qobiliyati cheklangan sakkiz nafar fuqaro yuk aravachasi operatori sifatida ish boshladi. Uzbekistan Airports frontlayn personallarni imo-ishora tiliga o‘qitish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi. Bino old fasadi oldinga suriladi, natijada terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengayadi. Ushbu bosqichda yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratish rejalashtirilmoqda.
Fuqaroga ish bilan ta’minlashni va’da qilgan Toshkent xalqaro aeroporti xodimi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarida ishga faqat elektron tizim orqali qabul qilinishini ma’lum qildi va odamlarni shubhali takliflardan qochishga chaqirdi.
Yangi Buxoro xalqaro aeroportini qurish uchun 307 (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 380) gektar yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Majmua shahar markazidan 26 km uzoqlikda joylashadi.
III chorakda O‘zbekiston aeroportlarining asosiy ko‘rsatkichlari oshdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan yo‘lovchi tashish 33 foizga o‘sib, qariyb million kishini tashkil etdi. 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilning yanvar-sentabriga nisbatan 36 foizga ko‘p.
Farg‘ona aeroportida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan kelgan 15 nafar aerofotograf samolyotlarning uchish va qo‘nishini kuzatdi. Ularning bir qismi So‘xga ham uchib bordi. Foto.
2003-yilda yopilgan Shahrisabz mahalliy aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi. Toshkentdan L410 rusumli samolyotdagi ilk parvoz 1 soat 30 daqiqada yetib bordi. Aerodrom hozirda to‘rt turdagi samolyot va barcha turdagi vertolyotlarni sig‘dira oladi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yangi ko‘rinishda ochildi. Bino panjaralardan xalos bo‘ldi, endi u yerga mashinada borish mumkin. Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun katta zal va ichki hovli paydo bo‘ldi. Keyinroq uchib kelish va ketish zallari birlashtiriladi, bu esa aeroportning sig‘imini oshiradi.
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari kuchaytirildi: xodimlarga kasallik alomatlari tushuntirildi, harorati yuqori yo‘lovchilarni aniqlash uskunalari o‘rnatildi. Kasallik tarqalayotgan Afrika davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q, dedi Uzbekistan Airports.
Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining “steril” hududi 2000 kvadrat metrga kengaytirildi. Bu umumiy zalni B5-B6-B7 chiqish yo‘laklari bilan ulash imkonini beradi. Ushbu hududda Hardee’s, Pizza Hut, La Croissanterie va Pinkberry brendlari mavjud fudkort ochiladi.
Urganch aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagining kapital ta’miridan so‘ng birinchi samolyotni qabul qildi. Toshkentdan uchib kelgan Uzbekistan Airways layneri havo arkasi bilan kutib olindi, yo‘lovchilarga Xorazm nonlari uzatildi. Foto.
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish — yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yangi terminal va boshqa obyektlarni qurish hamda “Qurish, foydalanish, topshirish” ((Build-Operate-Transfer — BOT) modeli bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi. Uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash belgilangan muddatdan oldin yakunlandi.
Uzbekistan Airports Microsoft ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmagani haqida xabar berdi. Aviatashuvchilar nosozliklarga duch kelsa, o‘z muqobil ro‘yxatga olish tizimimizni taklif qilishga tayyormiz, deydi kompaniya.
Ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha (20-iyul — 7-avgust) yopilayotgan Urganch xalqaro aeroportidan Nukus aeroportigacha bepul transfer yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar yo‘lovchilarga jo‘nab ketishda ham, uchib kelishda ham xizmat ko‘rsatadi. Uzbekistan Airports maxsus jadvalni e’lon qildi.
Termiz aeroportida ikkinchi yurish yo‘lagi va asosiy yo‘lak uchastkasi hamda perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. 2019-yilda rekonstruksiyadan chiqqan terminal, 2022-yilda esa betondan qilingan uchish-qo‘nish yo‘lagi ochilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting